Ўз  /  O'z  /  Ру  /  En
Олтинсой тумани ҳокимлиги
O‘zbekiston Ta’limi Yangi Rivojlanish Yo‘lida.

Muhtaram Prezidentimiz  Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025 yil 15-may kuni maktab ta’limi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida davlatimiz rahbari xalqimizni 15 may – Xalqaro oila kuni bilan tabrikladi.

“Oila – jamiyat tayanchi, ma’naviyat beshigi va avlodlar o‘rtasidagi uzviylik ramzidir.

Xalqimiz azal-azaldan oilaga muqaddas qadriyat, barqarorlikning mustahkam asosi sifatida qarab keladi.

Darhaqiqat, o‘zaro hurmat, shukronalik bor oilalarda fayz bo‘ladi. Bunday oilalar qancha ko‘p bo‘lsa, mahalla ham tinch va obod bo‘ladi. Mahallasi tinch tumanlar va shaharlarda, umuman, butun mamlakatda  rivojlanish bo‘ladi.

Fursatdan foydalanib, yurtimizdagi har bir oilaga tinchlik, totuvlik va faravonlik tilayman. Mehr-oqibat, sadoqat hech bir xonadonni tark etmasin!”

 – dedi Prezident.

            “Dunyoda isbot talab qilmaydigan bir haqiqat bor: har qanday mamlakat taraqqiyoti sog‘lom va bilimli avlodga bog‘liq.         

Shu bois, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida sog‘lom, bilimli, teran fikrli, vatanparvar yoshlarni tarbiyalash uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz shart va zarur”,

 - dedi davlatimiz rahbari.

Prezident sohada mavjud muammolarga to‘xtaldi.

Hozirda 7-11 sinf o‘quvchilari kuniga 8 soatgacha vaqtini telefonda ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazayotgani maktab direktori va muallimni ham, ota-onalarni ham o‘ylantirishi zarurligi qayd etildi.

Yoki viloyatlarda,  o‘quvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh bo‘lib qolayapti. O‘lim bilan tugayotgan holatlar ham ko‘p.

Xuquqni himoya qiluvchi organlar tomonidan qonun ustuvorligini ta’minlashda sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish bo‘yicha qonun loyihasini tayyorlash topshirildi.

Prezident kelgusida malaka oshirishga borayotganlarning 25-30 foizi xususiy maktablardan bo‘lishi haqidagi taklifni ma’qulladi va mutasaddilarga buni yangi o‘quv yilidan boshlab tashkil qilishga topshiriq berdi.

Joriy yilning o‘zida pedagogika oliygohlari va malaka oshirish markazlaridan kamida 5 nafardan, har bir tumandan shunchadan muallimni xorijga yuborish vazifasi qo‘yildi.

“Yoshlarimiz juda iqtidorli. Ularni tizimli yo‘naltirib, oliygoh tanlashga ko‘maklashib, maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘ysak bo‘ldi, ko‘rsatkichlarimiz karrasiga oshadi”,

 - dedi Prezident.

Davlatimiz rahbari “Prezident iqtidorli farzandlari” milliy dasturini boshlash va “Garvardchilar maktabi”ni ochish bo‘yicha katta farmon imzolaganini aytdi.

So‘nggi yetti yilda bog‘chalar bilan qamrov 700 mingdan 2,3 millionga yetkazildi. Bugungi kunda mamlakatimizda 7 mingta davlat va 31 mingdan ziyod xususiy bog‘chalar faoliyat yuritmoqda.

“Qamrov oshdi, lekin sifat bo‘yicha qiladigan ishlarimiz ko‘p. Bog‘chalar nafaqat tarbiya, balki bolada ta’lim olish uchun ilk ko‘nikmalarni shakllantiradigan maskanga aylanishi kerak”,

 - dedi Prezident.

Yig‘ilishda yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil qilish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Endilikda “Barkamol avlod” maktablari, “Yoshlik” sport jamiyati va O‘quvchi yoshlar markazi yagona tizimga birlashishi belgilandi.

 

Bu markazlar to‘liq ta’mirdan chiqarilib,  zamonaviy, kreativ yo‘nalishlar asosida jihozlanadi. Ularda xorijiy tillarni o‘qitish, sun’iy intellekt, dasturlash va animatsiya kabi yangi to‘garaklar ochiladi.

O‘quvchilar o‘rtasida turizmni rivojlantirish bo‘yicha ham yangi tizim bo‘ladi.

Mutasaddilarga qiziqarli turizm to‘plamlarini qilib, har yili 1 million o‘quvchini O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga jalb qilish topshirildi.

Bolalarni zararli axborotlardan himoya qilish bo‘yicha ko‘p ishlar qilinmoqda, bu borada alohida qonun ham qabul qilingan.

“To‘g‘ri, bugungi kunda yoshlar ma’naviyati bilan hamma shug‘ullanayapti.

Lekin, zararli axborotlarga qarshi tura oladigan milliy kontent yaratish, ularni targ‘iboti, ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha professional tashkilot yo‘q”,

 - dedi Prezident.

          Muhtaram Prezidentimiz, Shavkat Miromonovich Mirziyoyev, “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari” biz maxalliy Kengashlari deputatlariga bir qator vazifalarni belgilab berdilar.

Yig‘ilishda tuman hokimlariga har oyda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari, maktab direktorlari va bog‘cha mudiralari bilan uchrashib, muammolarni joyida hal qilish vazifasi yuklandi.

Yig‘ilish davomida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi mutasaddilarining fikr va takliflari, hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

  Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati 

XUDAYBERDIYEV UMIDULLO BOQIYEVICH

Рўйхатдан ўтиш
  • Ҳозир сайтда
  • 8 та фойдаланувчи ҳозир сайтда
Сўров ўтказиш
Сайт ҳақида фикрингиз?