Joriy yilning 14-iyun kuni Xalq deputatlari viloyat, tuman Kengashi deputatlari A.Oripov va Yu.Hakimovlar tumandagi “Jobu” va “Nurafshon” mahallalaridagi saylovchilar bilan uchrashdi.
Davra suhbatida 2025-yil 10-11-iyun kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investitsiya forumi va Xorijiy investorlar kengashi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqlarida ko‘rsatib o‘tilgan tashabbus va iqtisodiy ko‘rsatmalar saylovchilarga tushuntirildi.
Chet ellik investorlarning O‘zbekistonga qiziqishi ortib borayotganligi juda ko‘plab shartnomalar tuzilganligi e’tirof etildi.
Mazkur targ‘ibot tadbirda asosan saylovchilarga ilgari surilgan asosiy yo‘nalishlar va ularning mazmun-mohiyati masalalar haqida ma’lumotlar berildi.
Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
© Олтинсой тумани ҳокимлиги веб-сайтлари 2025