Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Yu.Hakimovlar ishtirokida Oltinsoy tumanidagi “Tog‘ay Murod” va “Xo‘jasoat” mahallalarida mavjud muammolarni aniqlash hamda mamlakatimizda Davlatimiz rahbari rahnamoligida amalga oshirlayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar va ularning mazmun-mohiyati haqida axborot berdilar. Uchrashuvda mahalladagi muammolarini o‘rganib ularni bartaraf etish yuzasidan taklif va mulohazalar muhokama etildi.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Yu.Qurboniyazovlar ishtirokida Oltinsoy tumanidagi “Xidirsho” mahallasida 2024-yilning dekabr oyi uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga asosan 18-dekabr kunida ushbu saylov okruglardagi saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Deputatlar mahalla fuqarolari tomonidan ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda tegishli korxona va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborishga kelishb olindi.
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov va Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati A.Egamberdiyevlar ishtirokida Oltinsoy tumanidagi “Sayrak” va “Ovchi” mahallalarida 2024-yilning dekabr oyi uchun tasdiqlangan reja-jadvaliga asosan 18-dekabr kunida ushbu saylov okruglardagi saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Deputat o‘z saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni joylarga borib o‘rganildi va bartaraf etish choralari ko‘rildi hamda tegishli korxona va tashkilotlarga so‘rovnomalar yuborishga kelishb olindi.
Шундан сўнг “Қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ерлардан фойдаланиш ҳолатини ўрганиш натижалари тўғрисида” Иқтисодиёт ва молия вазирлиги ҳузуридаги Кадастр агентлиги Давлат кадастрлари палатаси Сурхондарё вилоят бошқармаси Олтинсой туман филиали бошлиғи К.Улуғбердиевнинг ахбороти эшитилди.
© Олтинсой тумани ҳокимлиги веб-сайтлари 2025